Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, ularni tasniflashning asosiy usullari va ularni boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Xarajatlar iqtisodiyotning muhim elementi sifatida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maqolada xarajatlarning moddiy, mehnat va moliyaviy tarkibiy qismlari tahlil qilinib, ularni an’anaviy va zamonaviy tasniflash usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda, xususan raqamli iqtisodiyot va ekologik talablar sharoitida xarajatlarni boshqarishning dolzarb muammolarini aniqlashga va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.Mazkur maqola korxonalar boshqaruvi, iqtisodiyot nazariyasi va moliyaviy tahlil sohasida tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar hamda amaliyotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.