Publication Details
Abstract
Jahon davolash va sog‘lomlashtirish turizmi sohasida so‘nggi yillarda jadal o‘sish kuzatilmoqda, ammo bu jarayonda infratuzilma va xizmatlarning yetarlicha standartlashtirilmagani asosiy muammo sifatida qolmoqda. Tadqiqotda Yevropa va Osiyodagi kurortlar misolida ushbu turizm yo‘nalishining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilindi. Statistik ma’lumotlar asosida 2010–2025-yillar oralig‘idagi o‘sish ko‘rsatkichlari va omillari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tabiiy resurslar, an’anaviy sog‘lomlashtirish usullari va zamonaviy texnologiyalarning integratsiyasi ushbu sektorning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot wellness-turizmning global miqyosda diversifikatsiyasini rag‘batlantirish va ekologik yondashuvni kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi.[1].