Publication Details
Issue: Vol 14, No (2025)
Pages: 74-76

Abstract

Mazkur maqolada Jizzax viloyati aholisi haqida keng ko‘lamli statistik ma’lumotlar tahlil qilingan. Tadqiqotda viloyat aholisining umumiy soni, demografik tarkibi, yosh va gender bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek, urbanizatsiya va migratsiya jarayonlari atroflicha yoritilgan. Jizzax viloyatining geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va iqtisodiy rivojlanish darajasi aholi sonining dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.Tadqiqotda aholi sonining o‘sish sur’atlari va uning tabiiy ko‘payish, shuningdek, migratsiya jarayonlariga bog‘liqligi tahlil qilingan.

Keywords
Jizzax viloyati aholi statistikasi demografik tarkib yosh tarkibi