Publication Details
Abstract
Mazkur maqolada Fargʻona vodiysida ichki turizmni rivojlantirishning asosiy istiqbollari va muammolari tahlil qilingan. Vodiyning tabiiy resurslari, tarixiy-madaniy merosi va etnografik imkoniyatlari ichki turizm uchun ulkan salohiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, marketing strategiyasini kuchaytirish va ekoturizmni targʻib qilish kabi asosiy yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Ichki turizmning rivojlanishi mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va mahalliy aholining farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.