Publication Details
Issue: Vol 16, No (2025)
Pages: 47-50

Abstract

Ushbu maqola auditorlik tekshiruvi jarayonida nomoddiy aktivlarni baholash va tekshirishning ahamiyatini, metodologiyasini va amaliyotini o'rganadi. Nomoddiy aktivlar - bu kompaniyaning moliyaviy holatini belgilovchi, lekin jismoniy shaklda mavjud bo'lmagan resurslardir. Ular intellektual mulk, brend nomlari, patentlar va litsenziyalar kabi elementlarni o'z ichiga oladi. Auditorlik jarayonida bunday aktivlarning to'g'ri baholanishi moliya hisobotlari ishonchliligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, maqolada auditorlik standartlariga mos ravishda nomoddiy aktivlarga oid hisobot berish zarurati ta'kidlanadi. Auditorlar uchun bunday aktivlarni tekshirish jarayoni nafaqat moliyaviy hisobotni shakllantirishda balki investorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ishonch berishda ham muhimdir.

Keywords
nomoddiy aktivlar patentlar litsenziyalar