Publication Details
Issue: Vol 15, No (2025)
Pages: 51-54

Abstract

Harbiy turizm zamonaviy turizmning o‘sib borayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, milliy tarix va madaniy merosni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, avvalgi tadqiqotlar harbiy turizm kontseptsiyasining keng jamoatchilik orasida to‘liq qabul qilinmaganini va bu borada ma’lumot bo‘shlig‘i mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ushbu tadqiqot Portugaliyada harbiy turizm marshrutini yaratish va monitoring qilish tajribasiga asoslanib, raqamli infratuzilma va tarmoq asosidagi hamkorlik modelining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Action research metodologiyasi asosida olib borilgan tadqiqot natijalari ATMPT kabi markaziy koordinatsiya tashkilotlari mavjudligi, ma'lumotlarni markazlashtirish va mahalliy hamjamiyatlarni faol jalb etish orqali turizm marshrutlarining muvaffaqiyatini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari, shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida harbiy meros obyektlarining jozibadorligini oshirish va sayyohlar ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini tasdiqladi. Ushbu natijalar harbiy turizmni rivojlantirishda integratsiyalashgan yondashuv zarurligini va kelgusidagi tadqiqotlarda ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirni chuqurroq o‘rganish lozimligini ko‘rsatadi.

Keywords
Harbiy turizm madaniy meros marshrutni amalga oshirish raqamli innovatsiyalar harakat tadqiqotlari jamoatchilik ishtiroki Portugaliya