Publication Details
Abstract
Mazkur tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va samaradorligini baholashga oid metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. An’anaviy moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, banklarning raqamli transformatsiya darajasini ham hisobga oluvchi indikatorlar tizimi shakllantirilgan. Taklif etilgan baholash metodikasi bank faoliyatining kompleks tahlilini amalga oshirish, kapital yetarliligi, likvidlik, rentabellik kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda texnologik yangiliklarni joriy etish, raqamli xizmatlar ulushi va mijozlar faolligi kabi raqamli mezonlarni ham baholash imkonini beradi. Tadqiqotda integral indeks asosidagi model orqali banklar faoliyatining barqarorligi va samaradorligi bo‘yicha reyting yondashuvi ishlab chiqilgan. Metodikaning amaliy ahamiyati banklarning raqamli rivojlanishini monitoring qilish, strategik qarorlar qabul qilish va regulyatorlar uchun tahliliy vosita sifatida qo‘llanilishi bilan belgilanadi.