Publication Details
Abstract
So‘nggi yillarda raqamli moliya bozori keskin o‘sib, kriptovalyutalar dunyo iqtisodiyotida muhim o‘rin egallamoqda. Shu bilan birga, ko‘plab davlatlar o‘z rasmiy raqamli valyutalarini (Central Bank Digital Currency – CBDC) ishlab chiqishga kirishdi. Ushbu tezisda kriptovalyutalar va rasmiy raqamli valyutalarning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kriptovalyutalarning barqarorlik, nazorat va qonuniylik masalalaridagi muammolari ko‘rsatilib, CBDClarning afzalliklari, xususan pul-kredit siyosatini kuchaytirishdagi o‘rni asoslab berildi. O‘zbekiston va boshqa davlatlar tajribasi asosida jadvaliy solishtirma tahlil o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kriptovalyutalar iqtisodiy xavfsizlikka xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lsa, rasmiy raqamli valyutalar davlatning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.