Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada yashil energetika rivojlanishida makroiqtisodiy boshqaruvning innovatsion mexanizmlarini shakllantirish va ularni amaliyotga joriy etish masalalari chuqur tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda global miqyosda energiya resurslarining tanqisligi, ekologik muammolarning kuchayishi hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish zarurati yashil energetika konsepsiyasining dolzarbligini oshirmoqda. Shu nuqtayi nazardan, maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida yashil energetika sohasini rivojlantirishda makroiqtisodiy boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari, samaradorlik ko‘rsatkichlari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda innovatsion boshqaruv yondashuvlari, jumladan, raqamli transformatsiya, “yashil” investitsiyalarni jalb etish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda energiya samaradorligini oshirish dasturlarining iqtisodiy samarasi yoritilgan. Muallif yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida makroiqtisodiy siyosatning moslashuvchanligi, fiskal va monetar siyosat vositalarining uyg‘unligi, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikning o‘rni haqida ilmiy asoslangan fikrlar bildiradi. Shuningdek, maqolada xorijiy tajriba asosida yashil energetika sohasida qo‘llanilayotgan ilg‘or boshqaruv modellariga tahliliy yondashuv berilgan hamda ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Yashil texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va uglerod chiqindilarini kamaytirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashil energetika rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun kompleks innovatsion boshqaruv tizimini yaratish, moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, maqola mamlakatimizning energetika sohasida iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amalga oshirishdagi ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.