Publication Details
Issue: Vol 25, No (2026)
Pages: 1-3

Abstract

Mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish jarayoni aholi daromadlarini barqaror oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashuvi, mehnat bozorining bosqichma-bosqich erkinlashuvi hamda ijtimoiy himoya dasturlarining kengaytirilishi natijasida aholi turmush darajasini yaxshilash borasida sezilarli ijobiy natijalarga erishilmoqda. Mazkur tezisda aholi daromadlarining o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan bandlik siyosatining samaradorligi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan foydalanish hamda inson kapitalini rivojlantirish masalalari kompleks tahlil qilinadi.

Keywords
kambag‘allik aholi daromadlari bandlik inson kapitali