Publication Details
Issue: Vol 26, No (2026)
Pages: 53-54

Abstract

Mazkur magistrlik dissertatsiyasi “Qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyati samaradorligini oshirish
yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi klasterlari
faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish hamda ularni yanada rivojlantirish va
boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat. Dissertatsiyada qishloq xo‘jaligi klasterlarining nazariy asoslari, ularning
tashkil etilish tamoyillari va amaldagi holati o‘rganilgan. Shuningdek, klasterlar faoliyatining
ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, mavjud
muammolar aniqlangan. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy tahlil, taqqoslash, statistik usullar va tizimli
yondashuvdan foydalanilgan. Ish natijasida qishloq xo‘jaligi klasterlari samaradorligini
oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion
texnologiyalarni joriy etish, logistika tizimini takomillashtirish, moliyaviy boshqaruvni
kuchaytirish hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligida klaster tizimini yanada rivojlantirish va
uning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Keywords
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismini tashkil etadi va millionlab aholining bandligini ta’minlaydi So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda Shu nuqtai nazardan klasterlashuv tizimining joriy etilishi ayni dolzarb masalalardan biridir