Publication Details
Abstract
Mazkur tadqiqotda hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish
masalalari Surxondaryo viloyati misolida tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi hududda amalda
qo‘llanilayotgan investitsiya mexanizmlarini baholash, mavjud muammolarni aniqlash hamda
ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tahlil natijalari
shuni ko‘rsatdiki, viloyatning geostrategik joylashuvi, tabiiy resurs salohiyati, agrar-iqlim sharoiti
va transchegaraviy savdo imkoniyatlari xorijiy investorlar uchun muhim ustunlik omillarini
yaratadi. Biroq infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagani, byurokratik to‘siqlar, investorlar
bilan ishlash mexanizmlarining sustligi hamda innovatsion tarmoqlarda investitsiyalar ulushining
pastligi investitsiya oqimini cheklab kelmoqda. Tadqiqot natijasida institutsional mexanizmlarni
kuchaytirish,
infratuzilmani modernizatsiya qilish, soliq va moliyaviy rag‘batlarni
takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda hududning investitsion brendini
shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar hududiy investitsiya siyosatini
takomillashtirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.