Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitida aholi daromadlarining shakllanish manbalari, ularning tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish Yangi O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan. Muallif tomonidan 2024–2025-yillar oralig‘ida aholi umumiy daromadlari tarkibidagi birlamchi daromadlar, mulkiy daromadlar va transfertlar ulushidagi o‘zgarishlar qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, aholi daromadlarining diversifikatsiyalashuvi va real daromadlar xarid quvvatining iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni yoritib berilgan.