Publication Details
Issue: Vol 27, No (2026)
Pages: 54-58

Abstract

Ushbu maqolada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitida aholi daromadlarining shakllanish manbalari, ularning tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish Yangi O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan. Muallif tomonidan 2024–2025-yillar oralig‘ida aholi umumiy daromadlari tarkibidagi birlamchi daromadlar, mulkiy daromadlar va transfertlar ulushidagi o‘zgarishlar qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, aholi daromadlarining diversifikatsiyalashuvi va real daromadlar xarid quvvatining iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni yoritib berilgan.

Keywords
aholi daromadlari nominal daromad real daromad birlamchi daromadlar mulkiy daromadlar ijtimoiy transfertlar turmush farovonligi kambag‘allikni qisqartirish xarid qobiliyati iqtisodiy modernizatsiya