Publication Details
Issue: Vol 27, No (2026)
Pages: 59-62

Abstract

Ushbu maqolada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investitsiya siyosatining strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya siyosatining iqtisodiy rivojlanishdagi roli, uning asosiy mexanizmlari hamda samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tahlillar natijasida investitsiyalarni samarali yo‘naltirish orqali resurslardan optimal foydalanish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy xavflarni kamaytirish mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, diversifikatsiya qilingan investitsiya portfeli, yuqori texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotga yo‘naltirilgan sarmoyalar barqaror o‘sishni ta’minlashda muhim omil ekanligi asoslangan. Tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, xususan jamoat-xususiy sheriklik mexanizmlarining iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, ekologik barqarorlikni hisobga olgan “yashil investitsiyalar” uzoq muddatli rivojlanishning muhim yo‘nalishi sifatida baholangan. Xulosa sifatida, investitsiya siyosatini shakllantirishda kompleks, moslashuvchan va uzoq muddatli strategiyalarni qo‘llash zarurligi asoslab berilgan.

Keywords
investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanish diversifikatsiya raqamli iqtisodiyot makroiqtisodiy barqarorlik