Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda aholi daromadlari tengsizligining ijtimoiy jihatlari va sabablari tahlil qilingan. Daromadlar tengsizligini o‘lchashda qo‘llaniladigan asosiy metodologik vositalar - Lorens egri chizig‘i va Jini koeffitsiyenti - nazariy asosda ko‘rib chiqilgan. 2021–2025 yillar davomida kvintil guruhlar bo‘yicha daromadlar taqsimotining miqdoriy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, tengsizlikning eng yuqori darajasi 2023 yilda qayd etilgan bo‘lib, 2025 yilga kelib ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Daromadlar tengsizligini yuzaga keltiruvchi tizimli omillar va davlatning ijtimoiy qayta taqsimlash mexanizmlari muhokama qilingan.