Publication Details
Abstract
Mazkur maqolada davlat xaridlari jarayoni ichki auditining amaldagi holati xalqaro standartlar talablari asosida qiyosiy baholangan. Tadqiqotda davlat xaridlarida ichki auditning maqsadi, vazifalari, qamrovi va amaliy instrumentlari xalqaro yondashuvlar bilan solishtirilgan holda tahlil qilingan. Xususan, riskka asoslangan audit rejalashtirish, xaridning barcha bosqichlarini qamrab olish, audit xizmatining mustaqilligi, data-driven audit vositalaridan foydalanish, tavsiyalar ijrosini monitoring qilish hamda samaradorlik va natijadorlikni baholash kabi muhim mezonlar bo‘yicha amaldagi holatning kuchli va zaif tomonlari aniqlangan. Shuningdek, davlat xaridlarida korrupsiyaviy xavf indikatorlari, affillanganlik, narx og‘ishlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar va yirik qiymatli xaridlar segmenti ichki auditning ustuvor nazorat obyektlari sifatida asoslangan. Tadqiqot natijasida amaldagi ichki audit tizimi xalqaro standartlarga yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, uning profilaktik, analitik va strategik funksiyalarini yanada chuqurlashtirish zarurligi xulosalangan. Maqolada davlat xaridlari sohasida ichki auditni xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish budjet mablag‘larining qonuniyligi, shaffofligi, tejamkorligi va samaradorligini oshirishning muhim sharti ekani asoslab berilgan.