Publication Details
Issue: Vol 49, No (2024)
Pages: 688-693
ISSN: 2544-980X

Abstract

Navoiy asarlari o‘zining ta’limiy-axloqiy, didaktik g‘oyalari bilan adabiyotimiz gulshanida eng yuqori o‘rinlarda turadi. Bu esa uning ahamiyat kasb etadigan tomonining boshqa asarlardan ajralib turishi bilan baholanadi. Ayniqsa, uning “Hayrat-ul abror” asari tarbiyaviy ahamiyatga molik ekani bilan hayratlanarlidir. Navoiyning fikricha, olamning yaratilishidan maqsad – insondir. Inson butun borliqning ko‘rki va unga sayqal beruvchi mo‘jizadir. Insonning baxt-saodati va uning kamolotini belgilovchi omillar qatoriga insonparvarlik, sodiqlik, ilmlilik, vafo, hayo, saxovat, himmat, oliyjanoblik xislatlarini kiritishimiz mumkin. Bu xislatlar aynan “ Hayrat-ul abror” dostonida o‘z aksini topgan. Ushbu asarda komil inson shaxsini tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan qarashlar mavjud bo‘lib, doston-maqolatlarida buning yaqqol ko‘rinishini anglashimiz mumkin.

Keywords
komil inson