Publication Details
Abstract
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida kichik sovutish jihozlari: uy–roʻzgʻor maishiy sovutgichlari, yigʻma sovutish kameralari, sovutgich shkaflari va vitrina–prilavkalar xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mah– sulotlarni saqlash uchun keng qoʻllaniladi. Bu jihozlarni takomillashtirish ekologik muammo – ozon qatlami yemirilishining oldini olishda muhim rol’ oʻynaydi. So– vutish agenti – freon–22 ni ekologik zararsiz sovuqlik tashuvchi modda propan R– 290 bilan almashtirish qulay va samarali yechim ekanligi ta’kidlanadi. Bu moddalarning kondensatsiyalanish va qaynash jarayonlari bir–biriga yaqinligi ularning afzalligidan iborat. Bunda sovutgich mashinasining sovutish koeffitsiyenti ±1% darajasida oʻzgarib, kompressorning konstruktsiyasida minimal oʻzgarti– rishlar, mashinaning boshqa qismlarida deyarli hech qanday oʻzgarishlar talab etilmasligi koʻrsatib oʻtilgan. Qayd etilgan natijalar freon–22 ni R–290 bilan almashtirish samarali yechimligini isbotlaydi.