Publication Details
Abstract
Mazkur tezis xalqaro munosabatlar va mintaqa tadqiqotlarining nazariy, tarixiy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda davlatlararo aloqalar globallashuv, mintaqaviy integratsiya va yangi xavfsizlik tahdidlari kontekstida jadal rivojlanmoqda. Shuningdek, xalqaro siyosiy tizimning o‘zgaruvchan dinamikasi davlatlarning yangi strategiyalarni shakllantirishini talab etmoqda. Ushbu mavzu dolzarbligi davlatlararo manfaatlar to‘qnashuvlarini yumshatish, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, mintaqaviy madaniy almashinuvlarni rivojlantirish bilan bog‘liq. Tezisda xalqaro tashkilotlarning roli, xalqaro siyosatda manfaatlar uyg‘unligi, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash yo‘llari va globallashuvning ijobiy hamda salbiy jihatlari atroflicha yoritilgan.