Publication Details
Abstract
Aholi turmush darajasi statistikasi insonlarning yashash sharoitlari va farovonlik darajasini o‘lchashga qaratilgan tahliliy yo‘nalishdir. Bu soha iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va ekologik ko‘rsatkichlarni chuqur o‘rganib, aholi hayot sifatining holatini baholash imkonini beradi. Mazkur statistik tahlil jarayonida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: Daromadlar darajasi va taqsimoti, Yalpi ichki mahsulot (YaIM) miqdori, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar va ularning teng taqsimlanishi. Ijtimoiy infratuzilma, Ta'lim, tibbiyot xizmatlari, transport va kommunikatsiya vositalarining aholiga taqdim etilishi.