Publication Details
Abstract
Ushbu tezis hududlar aro o'rtacha ish haqi ko'rsatkichlarini statistik tadqiq qilishga qaratilgan bo'lib, u iqtisodiy rivojlanish va ish haqi darajasidagi farqlarni aniqlashni maqsad qiladi. Tadqiqotda turli hududlardagi ish haqi ko'rsatkichlari o'rganilib, ularning o'rtacha qiymatlari, taqsimlanish xususiyatlari va ular o'rtasidagi farqlar statistika metodlari yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqotda foydalanilgan usullar orasida dispersiya tahlili, o'rtacha arifmetik qiymatni aniqlash, va normal taqsimotdan farqni hisoblash kabi statistik texnikalar mavjud. Natijalar hududlararo iqtisodiy tengsizliklarni aniqlash va ular bilan bog'liq omillarni tushunishga yordam beradi.