Publication Details
Abstract
Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki yirik adib, olim va ma'rifatparvar inson sifatida ham tarixda chuqur iz qoldirgan. Uning ilmiy merosi asosan tarix, adabiyot, lingvistika, tabiatshunoslik va harbiy san'atga doir asarlarida namoyon bo'lgan. "Boburnoma" asari tarixiy va etnografik manba sifatida katta ahamiyatga ega bo'lib, unda Markaziy Osiyo, Hindiston va Erondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlar aniq yoritilgan. Boburning she'riyati ham falsafiy va didaktik mazmuni bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Boburning ilmiy merosi, uning o'z davrida va keyingi avlodlarga ko'rsatgan ta'siri tahlil qilinadi.