Publication Details
Abstract
Ushbu maqola O‘zbekistonda madaniy meros resurslaridan turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Garchi mamlakat boy tarixiy yodgorliklar va nomoddiy madaniy merosga ega bo‘lsa-da, mavjud resurslar turizm strategiyalariga yetarli darajada integratsiya qilinmagan. Ilmiy adabiyotlarda bu yo‘nalishdagi empirik va nazariy tadqiqotlar yetarli emasligi ayniqsa, hududiy darajada amalga oshirilgan kompleks yondashuvlarning yetishmasligi bilimlar bo‘shlig‘ini yuzaga keltiradi. Tadqiqot sifatli-ta’rifiy metodologiya asosida olib borilib, akademik manbalar, davlat siyosiy hujjatlari va amaliy misollar asosida madaniy meros obyektlarining turizm infratuzilmasiga qo‘shilishi darajasi baholandi. Natijalarda infrastrukturaviy uzilishlar, boshqaruvdagi muvofiqlik yo‘qligi va raqamli axborot tizimlarining rivojlanmaganligi asosiy muammolar sifatida ajratildi. Tadqiqot amaliyotga yo‘naltirilgan strategiyalar jumladan, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, raqamli meros xaritalash va barqaror boshqaruv modellarini ishlab chiqishni taklif etadi. Ushbu topilmalar O‘zbekistonning madaniy merosini barqaror turizm orqali mintaqaviy rivojlanish vositasiga aylantirishga xizmat qiladi.