Publication Details
Issue: Vol 21, No (2025)
Pages: 13-15

Abstract

Ushbu maqolada raqamli marketingda shaxsiylashtirish strategiyalarining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. So‘nggi yillarda iste’molchilar xatti-harakatlari, ularning ehtiyoj va qiziqishlari tubdan o‘zgarib, an’anaviy reklama usullari samarasiz bo‘lib bormoqda. Shu sababli shaxsiylashtirish strategiyalari kompaniyalar uchun nafaqat xaridlarni ko‘paytirish, balki brendga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot metodologiyasi sifatida kontent-tahlil, qiyosiy tahlil va xalqaro kompaniyalar tajribasi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shaxsiylashtirilgan marketing kampaniyalari oddiy reklamalarga nisbatan 30–40 foizga yuqori samaradorlik beradi. Shuningdek, shaxsiylashtirishda sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) va algoritmik tizimlardan foydalanishning afzalliklari va xavflari ko‘rsatib berildi.

Keywords
raqamli marketing shaxsiylashtirish sun’iy intellekt big data iste’molchi xulqi samaradorlik