Publication Details
Issue: Vol 21, No (2025)
Pages: 30-33

Abstract

Ushbu ilmiy ishda O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy va siyosiy omillari tahlil qilinadi. Ishda hukumat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, maxsus iqtisodiy zonalar yaratish va siyosiy barqarorlik kabi faktorlar xorijiy sarmoyalarni jalb qilishdagi ijobiy ta’sirlar ko‘rsatilgan. Tadqiqotda investitsiya muhitini yaxshilash, huquqiy islohotlar, soliq imtiyozlari va iqtisodiy diplomatiyaning roli ta’kidlanadi. Statistik va hujjatli tahlillar, shuningdek, so‘rovnomalar va ekspert intervyulari orqali investitsiyaviy muhitdagi holat o‘rganilgan. Ishda shuningdek, kelajakda yangi texnologiyalarni joriy etish, raqamli iqtisodiyot va qayta tiklanadigan energiya manbalariga investitsiyalarni jalb qilish zarurligi ta’kidlanadi. Bu tavsiyalar mamlakat iqtisodiy o‘sishini davom ettirish va xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun qo‘llaniladi.

Keywords
Xorijiy investitsiyalar siyosiy barqarorlik huquqiy islohotlar