Publication Details
Abstract
Mazkur maqolada ishlab chiqarish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning ahamiyati va unga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Mamlakat iqtisodiyotining erkinlashuvi va mahsulot yetishtiruvchilar orasida raqobatning rivojlanishi, ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Mahsulot raqobatbardoshligi uning sifatiga, narxiga va iste’mol bozoridagi o’rnini belgilovchi ko’rsatkichlarga bog’liq. Tadqiqotda raqobatbardoshlikni oshirishda iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy omillarni hisobga olish zarurligi, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari uchun kerakli chora-tadbirlar ko’rsatilgan. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun milliy mahsulotlarni ilgari surish, eksportni rivojlantirish va sifatni boshqarish tizimini yaratish kabi strategiyalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlangan.