Publication Details
Issue: Vol 22, No (2025)
Pages: 107-111

Abstract

Ushbu maqolada davlat budjeti daromadlarining iqtisodiy mazmuni, ularning shakllanish manbalari hamda mamlakat moliyaviy barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada budjet daromadlarining asosiy manbalari — soliqlar, davlat mulkidan olinadigan daromadlar, bojxona to‘lovlari va boshqa tushumlar yoritilgan. Shuningdek, budjet daromadlarini shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar — qonuniylik, adolatlilik, barqarorlik va shaffoflik haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijasida davlat budjeti daromadlarining samarali boshqaruvi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.

Keywords
davlat budjeti budjet daromadlari soliqlar