Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada xalqaro kompaniyalarda shakllangan zamonaviy boshqaruv strategiyalarining mohiyati, ularni milliy korxonalar faoliyatiga tatbiq etishning ahamiyati va amaliy imkoniyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Global menejment yondashuvlari — innovatsion boshqaruv, strategik rejalashtirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish, HR-menejment, risk-menejment va raqamli transformatsiyaning milliy biznesga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari asosida milliy biznesda xalqaro boshqaruv strategiyalarini joriy etishning ahamiyati va dolzarbligi yoritildi. Tadqiqot natijalari xalqaro boshqaruv modellari raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, ijtimoiy mas’uliyat va ESG tamoyillariga asoslangan holda shakllanganligini ko‘rsatdi. Shuningdek, milliy kompaniyalar uchun xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish va zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish biznes samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ta’kidlandi.