Publication Details
Abstract
Mazkur maqolada buxgalteriya hisobini yuritishda autsorsing xizmatlaridan foydalanishning ahamiyati, afzalliklari va kamchiliklari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya autsorsingining xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvidagi o‘rni, uning moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish hamda risklarni boshqarishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, buxgalteriya autsorsing xizmatlaridan foydalanishning asosiy afzalliklari bilan bir qatorda, axborot xavfsizligi, moliyaviy ma’lumotlarning maxfiyligi va tashqi ijrochiga bog‘liqlik kabi kamchiliklari ham asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritishning eng maqbul shaklini tanlash va autsorsing xizmatlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.