Publication Details
Issue: Vol 25, No (2026)
Pages: 9-12

Abstract

Mazkur maqolada avtoservis xizmatlarining rivojlanishida avtomobil zavodlarining rasmiy vakolatxonalari, dilerlik va distribyutorlik tizimining tutgan o‘rni hamda ularning amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Avtomobil sanoatining rivojlanishi sharoitida servis xizmatlariga bo‘lgan talabning ortishi, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmatlarni tashkil etishda vakolatxonalarning vazifalari tahlil qilingan. Shuningdek, dilerlik faoliyatining “S”, “SS” va “SSS” shakllari, ularning avtomobil savdosi, servis xizmatlari va ehtiyot qismlar bilan ta’minlashdagi o‘ziga xos jihatlari asoslab berilgan. Tadqiqot davomida diler va distribyutor tushunchalariga berilgan turli mualliflar ta’riflari umumlashtirilib, mualliflik yondashuvi asosida takomillashtirilgan ta’riflar ishlab chiqilgan. O‘rganish natijalari avtomobil biznesida servis xizmatlarini rivojlantirishda vakolatxonalar, dilerlar va distribyutorlar faoliyatini kengaytirish muhim istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Keywords
avtoservis xizmatlari avtomobil zavodlari vakolatxonasi dilerlik faoliyati