Publication Details
Abstract
Ushbu ishda Ispaniya Qirolligining iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari, asosiy tarmoqlari va global iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni keng qamrovli tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida mamlakatning sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi, turizm, transport va tashqi savdo faoliyati batafsil o‘rganilgan. Shu bilan birga, ishda Ispaniya iqtisodiyotining tarkibiy tuzilmasi, hududiy iqtisodiy tafovutlar va mamlakatning Yevropa Ittifoqi doirasidagi integratsiyalashuv jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Ispaniya iqtisodiyotining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, uning rivojlanish strategiyasini belgilash hamda mamlakatning global iqtisodiyotdagi o‘rnini chuqurroq anglash imkonini beradi.