Publication Details
Abstract
Mazkur maqolada kichik va o‘rta biznes rivojlanishi hamda iqtisodiy erkinlik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Iqtisodiy erkinlikning tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, tashkiliy va institutsional sharoitlarni shakllantirishdagi roli yoritib beriladi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznesning kengayishi davlat ishtirokining qisqarishi, raqobat muhitining kuchayishi, xususiy sektor ulushining ortishi orqali иқтисодий erkinlikni amalda mustahkamlashi asoslab beriladi. Maqolada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishi, eksport va bandlikdagi ulushining o‘sish tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari iqtisodiy erkinlikni kuchaytirish kichik va o‘rta biznesning barqaror rivojlanishi hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.