Publication Details
Abstract
Mazkur tadqiqot O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish jarayonida bank sektori va mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. So‘nggi yillarda yashil moliyalashtirish hajmining oshib borishi davlat siyosatining samaradorligini ko‘rsatmoqda, biroq bu jarayonda tijorat banklari va mahalla institutlarining roli yetarlicha to‘liq shakllanmagan. Tadqiqotda yashil moliyalashtirishning hozirgi holati statistik ma’lumotlar, grafiklar va jadvallar asosida tahlil qilinadi hamda davlat banklari, tijorat banklari, yashil fondlar va davlat kafolatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritiladi. Shuningdek, mahalla institutining loyihalarni aniqlash, monitoring qilish va moliyaviy intizomni mustahkamlashdagi imkoniyatlari baholanadi. Tadqiqot natijasida yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishda integratsiyalashgan hamkorlik modeli taklif etilib, uning amaliy ahamiyati asoslab beriladi.