Publication Details
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin egallagan xizmatlar sohasi
korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uni takomillashtirish mexanizmlari
kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda xizmatlar sohasi (savdo, transport-logistika, axborot
texnologiyalari, bank-moliya, ta’lim va turizm)ning jadal rivojlanishi fonida yuzaga kelayotgan
huquqiy, moliyaviy, texnologik va kadrlar bilan bog‘liq xavf-xatarlar aniqlanib, ularning iqtisodiy
xavfsizlikka ta’siri baholangan. Ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xizmatlar sohasi YAIMda yuqori
ulushga ega bo‘lishiga qaramay, mazkur tarmoqda barqaror biznes ekotizimi to‘liq shakllanmagan
bo‘lib, bu holat iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini
yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot jarayonida tizimli va institutsional yondashuvlar asosida ilmiy
pedagogik va iqtisodiy adabiyotlar tahlil qilingan, rasmiy statistik ma’lumotlar asosida xizmatlar
sohasi tarmoqlarining rivojlanish dinamikasi va xavfsizlik darajasi tavsifiy usulda baholangan.
Olingan natijalar xizmatlar sohasi korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda huquqiy
me’yoriy bazani takomillashtirish, raqamli va moliyaviy risklarni boshqarish tizimini kuchaytirish
hamda amaliy ta’lim markazlari orqali malakali kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega
ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada ilgari surilgan xulosalar va takliflar xizmatlar sohasi barqarorligini
oshirish, milliy iqtisodiyot xavfsizligini mustahkamlash hamda davlat siyosatini shakllantirishda
amaliy ahamiyat kasb etadi.