Publication Details
Abstract
Mazkur maqolada mamlakat turistik destinatsiyasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida Samarqand viloyati turistik obyektlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Samarqand nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniy markazlaridan biri sifatida xalqaro turizm bozorida yuqori salohiyatga ega. Hududda joylashgan Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi hamda Bibixonim masjidi kabi noyob tarixiy-me’moriy yodgorliklar mamlakatning turistik brendini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.Maqolada viloyatning boy madaniy merosi, Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq tarixiy ahamiyati, zamonaviy turizm infratuzilmasining rivojlanishi hamda xizmat ko‘rsatish sifatining oshib borishi mamlakatning umumiy turistik imijini mustahkamlashdagi strategik ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, hududiy turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va investitsion jozibadorlikni kuchaytirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari Samarqand viloyati O‘zbekistonning yetakchi turistik destinatsiyasi sifatida milliy turizm siyosatida alohida o‘rin tutishini ko‘rsatadi.