Publication Details
Issue: Vol 27, No (2026)
Pages: 10-16

Abstract

Mazkur maqolada budjet tashkilotlarida moliyaviy xato va nomuvofiqliklar bo‘yicha ichki auditni rejalashtirish, xavflarni aniqlash va tekshiruv qamrovini belgilash masalalari davlat sektori auditi tamoyillari, davlat sektori ichki auditini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar hamda ichki audit bo‘yicha ilmiy-uslubiy manbalar asosida tizimlashtirildi. Tadqiqot davomida audit maqsadlarini belgilash, ichki audit obyektlari ro‘yxatini shakllantirish, xavf omillarini baholash, muhimlikni aniqlash, resurslarni taqsimlash, tekshiruv qamrovini belgilash, dalillarni yig‘ish va keyingi kuzatuv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib berildi. Ichki audit yillik rejasi xavf tahlili, mavjud vaqt va inson resurslari hamda yuqori xavfli obyektlarni ustuvor tanlash asosida shakllanishi lozimligi asoslandi. Shu bilan birga, firibgarlik xavfi bo‘yicha ogohlantiruvchi belgilar, shubhali operatsiyalarni saralash va maqsadli tanlama yondashuvi tekshiruv qamrovini belgilashning muhim tarkibi sifatida yoritildi. Maqolada budjet tashkilotlari uchun bosqichli rejalashtirish modeli va xavf indikatorlari hamda audit javobi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi mualliflik jadvallari taklif etildi.

Keywords
budjet tashkiloti ichki audit rejalashtirish xavf omillari tekshiruv qamrovi muhimlik moliyaviy xato nomuvofiqlik audit dalillari ogohlantiruvchi belgilar