Publication Details
Abstract
Ushbu maqolada ochiq bank tizimining (open banking) global miqyosda joriy etilishi va uning bank sektoriga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot ochiq bank tizimining ikki tomonlama xususiyatini ya’ni tartibga solish mexanizmi va texnologik innovatsiya sifatidagi rolini yoritib beradi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan yondashuvlar, jumladan qat’iy tartibga solish va bozorga asoslangan modellarning farqlari ko‘rib chiqiladi. Empirik tahlil natijalari ochiq bank tizimi e’lonlarining bank aksiyalari daromadlariga qisqa muddatda salbiy, uzoq muddatda esa moslashuv orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Shuningdek, bank hajmi, tartibga solish muhiti va texnologik infratuzilma darajasi kabi omillar ta’sirning geterogenligini belgilashi aniqlangan. Tadqiqot natijalari ochiq bank tizimining banklar rentabelligi, raqobat muhiti va innovatsion rivojlanishga ta’sirini kompleks baholash imkonini beradi.