Publication Details
Abstract
Mazkur maqolada korxonalarning daromad va xarajatlari auditida moliyaviy xatarlarni pasaytirishga qaratilgan auditorlik tavsiyalari ishlab chiqildi. Tadqiqotning nazariy asosida auditorlik riski komponentlari, auditorlik dalillarining yetarliligi, korporativ risklarni boshqarish, buxgalteriya risklari, regulyativ va ajralmas risklar, shuningdek boshqaruv tarafkashligi va noto‘g‘ri e’tirof etish xavfini kuchaytiruvchi omillar bo‘yicha umumlashtirildi. Tahlil savdo debitorligi ulushi, zaxiralar bosimi, davr xarajatlarining yalpi foydaga nisbati, joriy majburiyatlar yuklamasi va auditorlik xulosasi turi auditorlik tavsiyalarini differensial shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatdi. Shu asosda rejalashtirish, ichki nazoratni testlash, daromadni tan olishni tekshirish, xarajatlarni tasniflash, davrlar bo‘yicha ajratish, tashqi tasdiqlash va jurnal o‘tkazmalarini tahlil qilish bo‘yicha takomillashtirilgan auditorlik tavsiyalari tizimi taklif etildi.