Publication Details
Issue: Vol 28, No (2026)
Pages: 12-14
Abstract
Mazkur maqolada Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani tahlil qilinadi. Asarda inson ruhiyati, axloqiy tanlov, jinoyat va uning oqibatlari, vijdon azobi hamda najot masalalari yoritilgan. Bosh qahramon Rodion Raskolnikovning ichki kechinmalari va uning nazariy qarashlari orqali muallif insoniy qadriyatlarni ochib beradi. Shuningdek, Sonya Marmeladova obrazi misolida mehr-shafqat, iymon va sabrning inson hayotidagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Maqolada romanning asosiy g‘oyasi — hech qanday maqsad jinoyatni oqlay olmasligi va inson uchun doimo najot yo‘li mavjudligi ilmiy-tahliliy asosda yoritilgan.
Keywords
insoniy qadriyatlar
ruhiyat
axloqiy tanlov
jinoyat va jazo
vijdon azobi
najot
mehr-shafqat
iymon
sabr-toqat
badiiy obraz