Publication Details
Abstract
Mazkur ilmiy tezis ishida sanoat korxonalarida aqlli ishlab chiqarish (Smart Manufacturing) tizimlarini rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, globallashuv jarayonlari va raqobat muhiti kuchayishi sharoitida aqlli ishlab chiqarish tizimlari korxonalarning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim vositaga aylanib bormoqda. Tadqiqot davomida asoslab ko‘rsatildi, Sanoat 4.0 texnologiyalarini (sun’iy intellekt, IoT, kiber-fizik tizimlar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari) joriy etish ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va mahsulot sifatini yaxshilashning asosiy omili hisoblanadi.
Sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va korxonalarning raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda, bu esa korxonalar samaradorligi va ishlab chiqarish sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelmoqda. 2020–2024-yillar davomida Sanoat 4.0 texnologiyalarini joriy etish sur’ati, ishlab chiqarish hajmi va texnologik yangilanish darajasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi, har bir korxonaning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari shakllandi.
Tadqiqot natijalari asosida korxonalarda aqlli ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirishning samaradorligi va ishlab chiqarish jarayonlariga ta’siri baholandi. Olingan natijalar sanoat korxonalarida raqamli va aqlli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni mustahkamlash bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish imkonini beradi.