Publication Details
Issue: Vol 28, No (2026)
Pages: 47-53

Abstract

Ushbu maqolada mikromoliya tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar hisobi bo‘yicha noto‘g‘ri aks ettirish hamda soxtalashtirish holatlarini aniqlashning uslubiy asoslari tadqiq etildi. Tadqiqotda mikromoliya bozorining institutsional xususiyatlari, ichki nazorat va ichki audit talablari, auditning huquqiy asoslari, risklar tasnifi, nohalol amaliyotlar, noqonuniy faoliyatda uchraydigan hujjatli izlar hamda hisob tizimining zaif nuqtalari bo‘yicha ilmiy manbalar umumlashtirildi. Maqolada noto‘g‘ri aks ettirish va soxtalashtirishni aniqlash hujjatli solishtirish, analitik indikatorlar, raqamli izlar tahlili, shikoyatlar monitoringi va riskga yo‘naltirilgan tekshiruvlar kombinatsiyasi asosida qurilishi lozimligi asoslandi. Shuningdek, uchta jadval asosida asosiy buzilish sxemalari, tekshiruv protseduralari va ogohlantiruvchi indikatorlar tizimi ishlab chiqildi.

Keywords
mikromoliya tashkiloti daromadlar hisobi xarajatlar hisobi noto‘g‘ri aks ettirish soxtalashtirish ichki nazorat ichki audit audit protseduralari riskga yo‘naltirilgan tahlil hujjatli tekshiruv