Publication Details
Issue: Vol 28, No (2026)
Pages: 54-59

Abstract

Ushbu maqolada maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ichki audit faoliyatining asosiy tamoyillari hamda ular yuzasidan shakllangan xalqaro qarashlar tahlil qilindi. Tadqiqotda davlat sektori ichki auditiga oid milliy normativ-huquqiy hujjatlar, budjet tashkilotlari va ta’lim sohasi bo‘yicha ilmiy manbalar, shuningdek Saudiya Arabistoni, Shri-Lanka, Sudan, Kosovo, Ruminiya, Shvetsiya, Indoneziya va Vetnam tajribalarini yorituvchi xorijiy tadqiqotlar umumlashtirildi. Ichki audit faoliyatining mustaqillik, xolislik, kasbiy kompetensiya, dalillarga tayanganlik, javobgarlik va shaffoflik, riskka yo‘naltirilganlik, etik me’yorlarga rioya qilish hamda boshqaruv bilan muvozanatli munosabatni saqlash kabi tamoyillari maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga mos ravishda talqin qilindi.

Keywords
ichki audit tamoyillar xalqaro qarashlar maktab maktabgacha ta’lim mustaqillik xolislik kasbiy kompetensiya riskka yo‘naltirilgan audit