Publication Details
Issue: Vol 29, No (2026)
Pages: 43-45

Abstract

Mazkur maqolada davlat moliyaviy boshqaruvi tizimida ichki nazorat va ichki auditning o‘rni hamda ularning samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Ichki nazorat tizimining nazariy asoslari, xususan riskga asoslangan yondashuv va zamonaviy xalqaro modellarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ichki nazoratning budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashdagi roli ko‘rsatib berilgan.
Tadqiqot davomida amaliyotda mavjud muammolar, jumladan malakali kadrlar yetishmasligi, axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasining pastligi hamda nazorat tizimining yetarli darajada mustaqil emasligi aniqlangan. Shu bilan birga, ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida raqamlashtirish, risk menejmentini rivojlantirish va nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari asoslab berilgan.
Maqola yakunida davlat moliyaviy boshqaruvida ichki nazorat tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords
ichki nazorat davlat moliyasi risk menejment budjet samaradorligi moliyaviy nazorat